Skip to content

Biz professionallar jamoamiz

Biz quvonch, ishonch baxsh etamiz va odamlarni xursand qilamiz

So`nggi yillarda Hijoma muolajasi xalqimiz ichida sezilarli darajada ommalashdi. Bu sohaning bugungi kunga kelib bu qadar xalq ichida tez tarqalishining bosh sabablaridan biri bu davolash usulning samaradorligidadir, ya`ni bemorlarning aksariyati hijoma muolajasini olganlaridan so`ng o`zlarida tez fursatda ijobiy o`zgarishlarni his qilmoqdalar! Aynan shu sabab bu soha hozirda rivojlanayotgan – progress bosqichidagi sohadir! Ilgarilari Hijoma muolajasi faqat xonadonlardagina bajarilingan bo`lsa, hozirda nafaqat poytaxtimizda balki mamlakatimizda ko`plab xususiy klinikalar tarkibida bu muolajani o`tkazuvchi Hajjomlar faoliyat olib borishmoqda.
Shaxrimizda bir qancha nufuzli tibbiyot muassasalarida mohir hajjomlar faoliyat yuritmoqdalar! Ayni shunday ishonchli Hijoma markazlaridan biri bu biz asos solgan va «Biomed+» klinikasi qoshida faoliyat yurituvchi – «Hijamacenter.uz» hijoma markazidir! Markazning ta`sischisi hisoblangan shifokor Mirxabibov Mirkamol Mirazizovich bu markazni ochguncha bo`lgan davrda aniqrog`i 5 yildan buyon shaxrimizdagi bir qator ko`zga ko`ringan klinikalarda shu sohada faoliyat olib borganlar! Bu muddat davomida shaxsiy tajribalarida 10mingdan ziyod bemorlar bilan ishlab, samaradorlik ko`rsatkichlari 80-90% ga teng! Markazda muolajalar tibbiy nizomlar asosida yaratilgan, barcha qulay shart-sharoitlarga ega xonalarda bajariladi! Asosiysi bemorlar uchun ishlatilinadigan barcha tibbiy vositalar – bir marotabalik bo`lib, faqat steril holda ishlatilinadi!
Darvoqe ahamiyatlisi shundaki poytaxtimizdagi yagona ushbu markazninggina internet tarmog`ida o`z sayti mavjud bo`lib, saytga tashrif buyuruvchilar uchun Hijoma muolajasi haqida batafsil ma`lumotlardan xabardor bo`lish imkoniyatiga ega bo`ladilar! Qolaversa bemorlarning markazimizga tez va oson murojaat etishlarini ta`minlash maqsadida nafaqat sayt balki ijtimoiy tarmoqlarda ham o`z sahifalariga ega! Agar sizga hijoma markazimiz xususida biror savol paydo bo`lsa hech ikkilanmay bizga masofadan turib, elektron manzilimizga xabar jo`natishingiz mumkin. Har bir murojaatga batafsil javob beriladi! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va tibbiyotga oid foydali tavsiyalar, yangiliklar hamda Hijoma markazimizda e`lon qilinadigan aksiya va bonuslardan xabardor bo`ling!

150+ dan ortiq mijozlar mamnun

Bizning barcha mijozlarimiz bizning muolajalarimizdan qoniqishadi va ularning barchasi ijobiy ta'sir ko'rsatadi
photo_2020-07-20_17-20-55

Hijoma muolajasini birinchi bor Hijamacenter.uz markazida olib ko`rdim! Muolajaning ijobiy ta`sirini o`zimda sezgach otamni ham olib keldim. Ularning boshlaridagi og`riq va qon bosimining ko`tarilishi hijoma muolajasidan so`ng bezovta qilmay qo`ydi! Buning uchun HIjamacenter.uz shifokorlariga kattakon rahmat! Barchangizga tavsiya qilib qolaman!

BAXROM RASULOV
"BR DESIGN" asoschisi
photo_2020-07-20_17-15-10

Qozog`istondan kelib ilk bor Hijoma muolajasini Hijamacenter.uz markazida to`liq kurs qabul qildim! Holsizlik, charchoq, asabiylashish, bosh va bo`gimlardagi og`riqlarimdan halos bo`lishga sababchi bo`lgan markaz shifokorlaridan minnatdorman! Hijamacenter.uz markaziga ota-onamni ham olib kelib, hijoma muolajasini qabul qilishlarni niyat qilib qo`ydim. Albatta ularga ham bu muolaja foyda qiladi degan umiddaman!

XUDOYOR BABAEV
"Laminalife" kompaniyasi Bosh menejeri
photo_2020-07-20_17-14-32

Hijoma muolajasini avvalambor sunnat ekanligini niyt qilib, qolaversa meni bezovta qilayotgan darddan qutulish uchun sababchi ekanligi uchun olgan edim. Alhamdulillah, muolajadan so`ng oyoq va bo`g`imlardagi og`riqlar ketib, oyoq uvishishlari va tomir tortishishlari bezovta qilmay qo`ydi! Hijamacenter.uz shifokorlaridan mamnunman, ishlariga rivoj, xayr va baraka tilab qolaman!

SAIDAKBARXON VALIEV
"To`ra buva" jome` masjidi imom-noibi
photo_2020-07-20_17-14-56

Dastlab men, so`ngra esa oilaviy tarzda bu hijoma muolajasini qabul qildik, muolaja xonalariyu-muomala madaniyatidan va eng muhimi salomatligimda erishilingan natijalardan ko`nglim to`ldi! Hijamacenter.uz markazida doimiy ravishda yilda ikki marotaba bu davolash kursini to`liq qabul qilishni niyat qilib qo`ydim! Barcha yurtdoshlarimga hech ikkilanmay hijamacenter.uz ni tavsiya qilaman!

MUZROBXON SULTONOV
"DARXAN" restarani direktori
photo_2020-07-20_17-19-05

Biz qo`l ostimizdagi yuqori qon bosimi, bosh og`rig`i, qn quyuqlashishi kabi muammolar bilan og`rigan bemorlarga hijoma muolajasini tavsiya etamiz! Bo`limimizda yotgan bir necha bemorlar Hijmacenter.uz markazi bilan hamkorlikda bu muolajani qabul qildilar va salomaliklarida ijobiy o`zgarishlarni tezda sezishdi! Hijamacenter.uz ning kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman!

QAXRAMON ABDULLAEV
"ERAMED" klinikasi shifokori

Bizning mutaxassis

Davolash faqat tibbiy ma'lumotga ega yuqori malakali, tajribali, professional mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
DrMirkomil_png-min

Mirkamol

Direktor, mutaxassis