Skip to content

Hijama haqida ma'lumotlar

Biz salomatlik, quvonch va baxt ulashamiz!

Arab tilida hijoma so‘zi “al-hajm” o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, u “so‘rish” degan ma’noni anglatadi. Al-Hijoma termini qon oldirish borasida ishlatilib, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning muhim sunnatlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda organizmimiz turli xil toksinlar bilan suv, havo, oziq-ovqat hamda vaksina va dori-darmonlar orqali zaharlanmoqda. Ana shu bizni o‘rab olgan son-sanoqsiz toksinlar mavjud davrda organizmni tozalash borasida hijoma yanada aktual bo‘lib qolmoqda.

Hijoma – tiqilgan va eng ko‘p zararli modda to‘plangan joylardagi ingichka va kapilyar tomirlardan qon olinishidir.

  • Qon oldirishning eng yaxshisi kasallikdan oldin amalga oshirilgan qon oldirishdir.
  • Og‘ir kechadigan kasalliklarda esa yo kasallik boshlanganda, yoki shiddati kamaygan va otashi so‘na boshlaganda qon oldiriladi.
  • Organlarini almashtirgan kishilarga, dializ va gemofiliya kasalliga yo‘liqqanlar qon oldirmaydi.
  • Qorni to‘q bo‘lganlarning qon oldirishi mumkin emas.
  • Kuygan joylardan, egzema, vena kengayishi va boshqa yaralarning, xollarning, pes dog‘larining ustidan qon olinmaydi.
  • Hayz ko‘rgan ayollar xam qon oldirmaydilar. Sabablari: 1) tahoratsiz bo‘lganlari uchun, 2) qon oldirish hayz qonini ushlaydi; qonash bilan chiqmagan qon bachadonda egikliklar paydo qilishi mumkin.

Ayrim holatlardan tashqari, homilador xotinlarning va 12 oylik bo‘lganga qadar bolalarning, qon oldirishga ehtiyoji yo‘q. O‘ziga xos vaziyatga egalarga, misol uchun, sun’iy sanchiq va qorinni yorib bola olish orkali tuqqan, miya funksiyasia buzuqlik bo‘lgan, ko‘r va g‘ilay bo‘lgan bolalarga, avvaldan qorni yorib bola olingang yoki har qanaqangi bir amaliyotni boshidan kechirgan homilador ayollarga qon oldirish tavsiya etiladi.

Lekin avvallari har yangi tug‘ilgan chaqaloqning dum suyagidan qon oldirilardi, bu narsa tug‘ilishda paydo bo‘lgan miya shishlarini umurtqa suyuqligiga suyultirib, miyaning tinch ishlashini ta’minlar edi. Balki shu sababdan avvalgi zamonlarning bolalari bugungi bolalarga nisbatan ancha tinch uxlashardi, itoatkor, hushmuomala va aqlli bo‘lishardi.

Hijoma tugagandan so‘ng kesiklarga tegmaslik va kesiklar ustidagi qobiqlar ko‘chirilmaydi va infeksiya tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qon oldirishdan keyingi 24 soat ichida xammomga kirilmaydi. Qon oldirgandan so‘ng 1-2 soat ovqat yeyish va uxlash mumkin emas.

Qon oldirish vaqtida bekorga gaplashilmaydi, televizor ko‘rilmaydi, qo‘shiq tinglanmaydi.

Bu ta’kidlarning ba’zilari qon oldiruvchini, ba’zilari qon olayotganni himoya etadi. Barchasi jiddiy va muhim ta’qiqlardir.

Hijomaning ba’zi sirlari bor-ki, har kimga xam aytilavermaydi. Shu sababdan qon oldirish san’atini shu ishning ustalaridan o‘rganish lozim.

Issiqlikning shiddatidan qon oldirish orkali qutiling. Zero, qon quyuqlashadi va odamni xasta qiladi, xatto o‘ldiradi. (Hadisi Sharif)

Har qanday bir kasallikdan qutilish va sog‘liqni saqlash maqsadida tananing ma’lum joylaridan ingichka va kapilyar tomirlardan qon olishga «hijoma» deyiladi.

Tuqqan va hayzi tartibli keladigan sog‘lom ayollarning qon oldirishga ehtiyoji yo‘qdir. Qadimda doimiy kurashish va ov qilishga majbur bo‘lgan sog‘lom erkaklarning xam qon oldirishga ehtiyoji bo‘lmagan. Chunki ular urushlarda qon yo‘qotishardi va tez-tez och qolishardi. Bugungi kunda esa, ko‘p ro‘za to‘tgan, oz yegan va yetarli miqdorda xo‘l meva va sabzavot yegan sog‘lom erkaklarning qon oldirishga ehtiyoji yo‘qdir.

Ammo zamonamizning aksariyat ayol va erkaklari shirin, tuzli, o‘ta yog‘li va aralashmali tayyor yeguliklarni aralashtirgan holda, boz ustiga, kuniga 3-4 marta yeganlari uchun qon oldirishga katta ehtiyojlari bor.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning Hijomaga tegishli ko‘p marta aytilgan hadisi sharifi qon oldirishning muhimligini ko‘rsatmoqdadir. Bu hadislarning bir qismi shulardir:

“Me’rojda, “Yo, Muhammad (s.a.v.)! Ummatlaringga qon oldirish (Hijoma)ni amr et. Hijomada siz uchun shifo bordir”, demagan farishtani uchratmadim.

Hijoma butun xastaliklarga shifodir.

Shifo beruvchi narsalarning eng xayrlisi Hijomadir.

Kimki qon oldirsa, har qanday bir shifo ko‘rmasdan, unga bir zarar keltirmaydi.

Boshdan qon oldirish (unga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Jon qutkaruvchi” derdi) yetti dardga shifodir: jinnilik, bosh og‘rig‘i, moxov, g‘aflat bosish, tish og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Jabroil alayxissalom qon oldirishni shu qadar tavsiya qildiki, buning o‘ta zarur ekanligini tushundim deganlar Payg‘ambarimiz alayhissalom.

Och qoringa Hijoma aqlni va xotirani kuchaytiradi. To‘q qoringa Hijoma darddir.

Qon oldirmaganlar burunlari qonashidan va bavosil (gemorroy) qonashidan, ayollar esa ortiqcha hayz ko‘rishidan qo‘rqmasliklari kerak. Bu qonashlar – tabiiy “qon oldirish” dir va bu qonashni to‘xtatmaslik lozimdir.

Xususan, yuqori qon bosimi tufayli boshlangan burun qonashini to‘xtatish to‘g‘ri emasdir.

Qadimgi xakimlar (shifokorlar) bunday holatlarda kishi hushidan ketguncha hech qanday tibbiy muolaja qilmaganlar. Hushidan ketish bilan birgalikda yurak urishlari va qon aylanishi sekinlashishi sababli har turli qon ketishi o‘z-o‘zidan to‘xtaydi.

Bugun tayyor taom iste’mol qilgan bolalar orasida burun qonashi ko‘p uchramoqda. Bu qonash sun’iy ovqatlar bilan oziqlanish, oz ro‘za tutish va ichaklarning buzilishi tufayli qondagi zararli moddalarning ortishidan bezovta vujudning o‘zini ximoya qilish yo‘llaridan biridir.

Vujud toza qonni hech kachon tashqariga chiqarmaydi. Qonab otilgan qon, shubxasiz, zaharli, iflos qondir. Asosan, bu turdagi qonashlar hijriy oyning 13-chi, 14-chi, 15-chi (to‘linoy) kunlarida va 29,30,1 chi (yangi oy) kunlarida bo‘ladi. Bu kunlarda oyning ta’siri bilan dengizlar va dunyo yuzi tozalanadi. Yomg‘ir yog‘adi, shiddatli shamollar xasta va yoshi ulug‘ daraxtlarni bukadi.

Bu kunlarda, dunyo o‘zini tozalagani kabi, inson vujudi ham o‘zini tozalaydi: kasalliklar kuchayadi, surunkali qonashlar ko‘payadi, ayollar hayz ko‘radi va hokazo.

Vujud surunkali bachadon qonashi, bavosil (gemorroy) va burun qonashi bilan ortiqcha va zararli moddalardan o‘zini tozalaydi, qon ko‘payib ketishidan saqlaydi. Bu qonashlarni to‘xtatish sog‘liqqa zarar keltiradi. Qonash orkali tashqariga chiqmay qolgan ortiqcha va zaharli moddalar vujudda to‘planadi va meningit, o‘rta va ichki quloq yallig‘lanishi kabi yallig‘lanish kasalliklariga, angina, revmatizm, buyrak yallig‘lanishi kasalliklari; paraproktit va yurak xastaliklari, xatto sil, psoriaz, pes, o‘pka saratoni va moxovga sabab bo‘lishi mumkin.

Hijomada, avvalo, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qon oldirib o‘rnak ko‘rsatganlari uchun qon oldirish maqsad qilinsa, yaxshi bo‘ladi. Zero, shunda u zot (sollallohu alayhi va sallam)ning tavsiya lariga amal qilish orqali kasallikdan xalos bo‘lish ham amalga oshadi. Yana bir bor ta’kidlash lozim, shifo faqat Allohdan ekanini unutmaslik zarur. Ammo bunga omil bo‘ladigan sabablarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Ay niqsa, buni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) buyurgan bo‘lsalar, yanada yaxshi. Chunki u zotning buyurganlarida ummat uchun faqat yaxshilik bor. Buning hikmatini bilish yoki bilmaslik hamda hozirgi zamon ilmi tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi muhim emas. Ammo qon oldirishning hikmatlari, foydalari va ularni hozirgi zamon ilmi ham tasdiqlab turgani hammaga ayon.

Demak, shifoning sababi hisoblangan hijomani amalga oshirgan holda, Alloh taolodan shifo so‘ralsa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. So‘zimiz so‘ngida Alloh taolodan Rasulining ko‘rsatmalariga amal qilish orqali sihat-salomatlik so‘raymiz. (Amiyn)